Collegium Humanium bilan memarandum

 
2022 yil 11 noyabr kuni Andijon viloyati, Asaka shahrida joylashgan Collegium Humanum – Varshava menejment universiteti Andijon filiali rahbariyatining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Yoshlar innovatsiya markazi” DUK jamoasi Universitet birinchi kursiga talabalarni qabul qilish va qasamyodi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda ishtrok etishdi. Tadbirda CHEKI “HAMKORBANK” ATB bosh ofisi hodimlar bilan ishlash departamenti direktori – O.Yu.Turajanova, Asaka tumani hokimi B.X. Ummatov, Andijon shahridagi “Berlin” o‘quv markazi direktori M.Abduraimova ishtirok etdilar. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Yoshlar innovatsiya markazi” DUK va Collegium Humanum – Varshava menejment universitetining Andijon filiali bilan ozaro har tomonlama hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi. Memorandum imzolashda Collegium Humanum – Varshava menejment universiteti direktori v.v.b. Artyom Borovik, Oliy maktab prorektorlari, dekanlari, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari, talaba yoshlar, Markaz direktori F.Sh Usmanov, Markaz direktori o‘rinbosarlari A. Mamajonov, I.Sa’dullayev, bo‘lim boshligi X. Raxmiddinov va J. Xolboyevlar ishtirok etishdi. Tadbirda Markaz direktori o‘rinbosari A. Mamajonov Markaz faoliyatiga oid taqdimot o‘tkazish orqali tadbir ishtirokchilariga Markaz haqida, uning asosiy maqsad va vazifalari, unda amalga oshirilayotgan loyihalar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi. Universitet vakillari, tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar ilmiy, amaliy, innovatsion va fundamental loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish borasidagi o‘zlarini qiziqtirayotgan savollar, bu borada ko‘p duch kelinayotgan muammolar, o‘zlarini qiynab kelayotgan tushunmovchiliklar to‘g‘risidagi savollari bilan ma’ruzachiga murojaat qildilar va batafsil javob olishdi.
👍 Tadbirda iqtidorli yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularning innovatsion g‘oyalarini keng joriy etish orqali ilmiy-texnik taraqqiyotga hissa qo‘shishlariga imkoniyat yaratish borasida fikr almashildi. Innovatsiyalar sohasida universitet olimlari, ilmiy tadqiqotchilari va talabalarining boshqa oliy ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari va tadbirkorlik sub’yektlari bilan hamkorligini kuchaytirish, bu hamkorlikni universitet bosh ofisi orqali butun Yevropa Ittifoqi doirasiga olib chiqish borasida har ikki tomondan vakillar guruhi tuzib “Yo‘l haritasi” ishlab chiqishga, kelishib olindi.
✍️ Markaz vakillari tomonidan innovatsion loyihalar yaratish bo‘yicha trening mashg‘ulotlari o‘tkazish bo‘yicha berilgan taklif, o‘quv yurti jamoasi tomonidan juda iliq kutib olindi. Bu borada 2023 yildan har haftada kamida bir marta trening mashg‘ulotlari o‘tkazishga kelishib olindi.
✍️Ushbu hamkorlik kelgusida Universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarining innovatsion loyihalar bilan muvaffaqiyatli ishlashlariga, Markazning esa xalqaro miqyosdagi aloqalarini yanad kengroq yoyilishiga zamin yaratadi.